18:13 / 10.07.2019
3 150

Boeing o‘z o‘rnini Airbus'ga bo‘shatdi (video)

Boeing o‘z o‘rnini Airbus'ga bo‘shatdi (video)
Boing korporatsiyasi so‘nggi 8 yilda ilk marotaba o‘z imkoniyatlarini Yevropa aviasozlik korporatsiyasi Airbus ga berib qo‘ydi. Bu haqda Darakchi.uz nashri xabar berdi.

Boeing korporatsiyasi e’lon qilgan hisobotga ko‘ra, so‘nggi yarim yilda kompaniya yetkazib bergan laynerlar ko‘rsatkichi 40 foizga qisqarib ketgan. Yakunlanayotgan chorakda esa bor yo‘g‘i 13 samolyot uchun buyurtma olingan. Shuningdek, Saudiya Arabistoni aviakompaniyalaridan biri 50 ta Boeing 737 MAX laynerlarini sotib olish rejasidan voz kechgan.

Joriy yilning mart oyida va 2018 yilning oktyabridaBoeing 737 MAX 8 samolyotlari bilan bog‘liq ikkita fojianing ro‘y berishi kompaniya biznesining ortga ketishiga sabab bo‘ldi. Aynan 737 MAX Boeing kompaniyasining eng xaridorgir layneri edi. Ushbu voqealar fonida turli modefikatsiyadagiAirbussamolyotlarining savdosi so‘nggi yarim yilda deyarli 30 foizga ortib ketdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boeing o‘z o‘rnini Airbus'ga bo‘shatdi (video)