19:00 / 10.07.2019
3 544

Qozog‘istonda politsiyachini pichoqlab, so‘ng yoqib yuborishdi

Qozog‘istonda politsiyachini pichoqlab, so‘ng yoqib yuborishdi
Foto: «Pixabay.com»
Qozog‘istonning Jambil viloyati Chu tumanida mahalliy politsiya xizmati inspektorining kuygan jasadi topildi. Bu haqda «Ekspress-K» gazetasiga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Qo‘rqinchli topilma haqida politsiyaga o‘z ism-sharifini ma’lum qilishni istamagan ayol xabar qilgan.

Tezkor guruh voqea joyiga borib, Jaysan qishlog‘i chekkasidan yurak sohasiga pichoq bilan jarohat yetkazilgan politsiyachining kuygan murdasini topgan. Uning yonidan shaxsiy va xizmat guvohnomalari, shaxsiy buyumlari, pullari va telefoni topilgan.

Ayni paytda jinoyatni fosh qilish ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘istonda politsiyachini pichoqlab, so‘ng yoqib yuborishdi