23:57 / 10.07.2019
3 082

Starrijning yo‘qolgan iti topildi

Starrijning yo‘qolgan iti topildi
“Liverpul” klubining sobiq hujumchisi Deniel Starrijning yo‘qolgan iti topildi. Bu haqda Sports.uz nashri xabar tarqatmoqda.

Eslatib o‘tish lozimki, dushanba kuni 29 yoshli angliyalik futbolchining Los-Anjelesdagi uyini o‘g‘ri urgan edi. O‘g‘rilar uydagi bir nechta sumkaga qo‘shib Starrijning shpits zotli itini ham olib chiqib ketishgan edi. Shundan so‘ng u kimda-kim ushbu itni qaytarsa, 20-30 ming dollar mukofot va’da qilgan edi.

Los-Anjeles politsiyasi esa ushbu itni bugun tongda futbolchiga qaytardi. Biroq, hozircha uni kim topgani va jinoyatchilar to‘g‘risida ma’lumotlar yo‘q.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Starrijning yo‘qolgan iti topildi