11:25 / 11.07.2019
3 866

Forbes 2019 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan yulduzlar nomini ma’lum qildi

Forbes 2019 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan yulduzlar nomini ma’lum qildi
Foto: Euronews
Amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift Forbes jurnalining versiyasiga ko‘ra, 2019 yilda eng ko‘p haq to‘langan top-100 ro‘yxatning birinchi pog‘onasidan o‘rin oldi, deb xabar beradi Daryo.uz.

Jurnal ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yoshli qo‘shiqchi 2019 yil davomida 185 million dollar ishlab topgan. Uning 226,1 million dollar yig‘gan Reputation albomi rasman AQSh tarixidagi eng kassabop tur hisoblanadi.

Eng ko‘p haq to‘langan yulduzlar ro‘yxatining ikkinchi pog‘onasini amerikalik top-model va Kylie Cosmetics kosmetika kompaniyasining egasi Kayli Jenner egalladi. Jurnal uning yil davomida ishlab topgan mablag‘ini 170 dollar deya baholadi. Uchinchi o‘rinni amerikalik reper Kane Uest 150 million dollar bilan band etdi.

Shuningdek kuchli beshlikdan Lionel Messi (127 million dollar) hamda britaniyalik qo‘shiqchi Ed Shiran (110 million dollar) joy olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Forbes 2019 yilda eng ko‘p pul ishlab topgan yulduzlar nomini ma’lum qildi