07:13 / 12.07.2019
3 919

Putin va Zelenskiy birinchi marta o‘zaro suhbatlashdi

Putin va Zelenskiy birinchi marta o‘zaro suhbatlashdi
Rossiya va Ukraina prezidentlari Vladimir Putin va Vladimir Zelenskiy telefon muloqoti o‘tkazishdi.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning ma’lum qilishicha, muloqot o‘tkazish tashabbusi Ukraina tomonidan bildirilgan. Peskovning ta’kidlashicha, yetakchilar “ikki tomondan ushlab turilganlar shaxslarni” qaytarish bo‘yicha ekspert darajasidagi ishni davom ettirishga kelishib olishgan.

“Shuningdek, normand formatida aloqalarni davom ettirish imkoniyati muhokama qilingan”, deb qo‘shimcha qilgan Peskov.

Ukraina prezidenti matbuot xizmatida o‘z navbatida suhbatning asosiy mavzusi “asirda ushlab turilgan harbiy dengizchilarni ozod qilish” bo‘lgani ma’lum qilingan.

“Shuningdek, gap Rossiya hududida saqlanayotgan Ukrainaning boshqa fuqarolarini qaytarish haqida borgan”, deyilgan xabarda.

Avvalroq shu haftada Zelenskiy Putinga Minskda uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgandi. U bu uchrashuvda AQSh, Fransiya, Britaniya va Germaniya yetakchilari ham ishtirok etishlari kerakligini aytgan. Peskov bu tashabbusga izoh berib, Moskvada u ko‘rib chiqilishini, biroq bunday sammitning istiqboli bor-yo‘qligini anglab olish zarurligini aytgan.

Putinning o‘zi esa Zelenskiyning taklifiga izoh berib, Rossiya Donbassdagi ixtilofni hal qilishning birorta formatidan bo‘yin tovlamaganini eslatib o‘tgan hamda bunday uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rilishi kerakligini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin va Zelenskiy birinchi marta o‘zaro suhbatlashdi