09:23 / 12.07.2019
2 063

Londonda OAV erkinligi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tmoqda (video)

Londonda OAV erkinligi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tmoqda (video)
Buyuk Britaniyaning London shahrida OAV erkinligi bo‘yicha birinchi global konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Darakchi nashri xabar berdi.

Bugungi kunda jurnalistika eng xavfli kasblardan biri bo‘lib qolmoqda. OAVga bo‘lgan ishonch esa hozirda butun dunyo bo‘ylab juda past darajaga tushib ketgan. Bunga esa noto‘g‘ri ma’lumotlarning tarqatilishi, davlat tomonidan OAV ning nazorat qilinishi sabab bo‘lmoqda.

Mazkur konferensiya Buyuk Britaniya va Kanada tashqi ishlar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan bo‘lib, unda “Buyuk Britaniya misolida OAV ga ishonch”, “Jurnalistlar xavfsizligini ta’minlashda- xalqaro tashkilotlarning roli”, “Ayol jurnalistlar xavfsizligi”, “Muammoli vaziyatlarda OAV erkinligini qo‘llab- quvvatlash”, “Din va OAV” kabi mavzular muhokama etilmoqda.

Konferensiyaning asosiy sessiyalari xavfsizlik masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, shu bilan birga OAVni moliyalashtirish, turli mintaqalarda so‘z erkinligi muammolari, jurnalistikaning yangi formatlari bo‘yicha ham uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Printworks konferens-markazida bo‘lib o‘tayotgan konferensiyada Buyuk Britaniya va Kanada tashqi ishlar vazirlari nutq so‘zlashdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Londonda OAV erkinligi bo‘yicha konferensiya bo‘lib o‘tmoqda (video)