20:00 / 12.07.2019
2 571

Donald Tramp kriptovalyutani keskin tanqid qildi

Donald Tramp kriptovalyutani keskin tanqid qildi
Foto: Regnum
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining Twitter’dagi sahifasida kriptovalyutalar ishonchsiz ekanligi, jinoyatchilar jumladan, giyohvand moddalar savdogarlariga xizmat qilishini yozib qoldirdi. Oq uy rahbarini, shuningdek, Facebook ijtimoiy tarmog‘ining «Libra» nomli o‘z kriptavalyutasini yaratish qarori ham g‘azablantirgan.

AQSh Federal zaxira tizimi shu zahotiyoq bu borada o‘z xavotirini bildirdi. Tramp esa aniq ko‘rsatma berdi — agar Facebook yoki boshqa kompaniyalar bankka aylantirilsa, ular tegishli tartibdan o‘tib, litsenziya olishi lozim. AQShda esa Donald Trampning fikriga ko‘ra, dunyoda hukmron bo‘lishi kerak bo‘lgan faqat bitta valyuta — Amerika dollari qoladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp kriptovalyutani keskin tanqid qildi