Finlyandiya 140 nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qilishga qaror qildi

  • 12 iyul 2019, 23:30
  • 1 203
  • Dunyo
  • Finlyandiya 140 nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qilishga qaror qildi
    Finlyandiya migratsiya xizmati mamlakatdan O‘zbekistonning 140 fuqarosini chiqarib yuborish haqida qaror qabul qildi. Finlyandiyaning Yle telekompaniyasi xabar berishicha, bunga o‘zbekistonliklar Yevropada ishga joylashishda qo‘llagan qurilish texnikumining soxta diplomlari sabab bo‘ldi. Ta’kidlanishicha, qurilish texnikumi sobiq ittifoq davridayoq yopilib ketgan bo‘lgan.

    Telekompaniyaning ta’kidlashicha, o‘zbekistonliklarning deportatsiya qilinishi Finlyandiya janubidagi Uusimaa regionida yangi uy-joylar qurilishini qiyinlashtirishi mumkin. Rasmiy statistikaga ko‘ra, 2018 yilda Finlyandiyada O‘zbekistonning 800ga yaqin fuqarosi bo‘lgan, ulardan aksariyati qurilish sohasida ishlagan.

    » » Finlyandiya 140 nafar o‘zbekistonlikni deportatsiya qilishga qaror qildi