14:38 / 13.07.2019
2 561

Turkiya Iroqda yangi antiterror operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi

Turkiya Iroqda yangi antiterror operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi
Turkiya milliy mudofaa vazirligi Iroq shimolida yangi antiterror operatsiyasi o‘tkazilishini e’lon qildi.

"12 iyul kuni Iroq shimolida maxsus otryadlarimiz artilleriya va HHK qo‘llab-quvvatlovi ostida yangi "Panja-2" operatsiyasini boshladi", - deyiladi vazirlik tomonidan.

Mudofaa vazirligining qayd etishicha, operatsiyada shuningdek, quruqlikdagi harbiy texnika, T129 ATAK jangovar vertolyotlari, uchuvchisiz uchar qurilmalar ishtirok etmoqda.

"Panja-2" operatsiyasi Iroqning Xakurk viloyatidagi terrorchilik tashkilotlarining boshpanalarini yo‘q qilishga qaratilgan.

Turkiya qurolli kuchlari 28 mayda Iroq shimolida "Panja" harbiy operatsiyasini boshlagandi. O‘tgan vaqt davomida Anqara tomonidan terrorchi tashkilot deb tan olingan Kurdiston ishchilar partiyasining 60dan oriq a’zolari yo‘q qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiya Iroqda yangi antiterror operatsiyasi boshlanganini e’lon qildi