Kim Chen In rasman Shimoliy Koreya rahbariga aylandi

  • 13 iyul 2019, 15:33
  • 949
  • Dunyo
  • Kim Chen In rasman Shimoliy Koreya rahbariga aylandi
    Foto: Novyny
    KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In konstitutsiyaga o‘zgarish kiritilganidan keyin rasman Shimoliy Koreya rahbariga aylandi. Bu haqda «Izvestiya»ga tayanib Daryo xabar berdi.

    Ilgari KXDR Xalq oliy majlisi raisi Soy Ryon Xe davlatning nominal rahbari sanalardi. Ammo amalda aynan Kim Chen In yetakchi bo‘lgan.

    Endilikda konstitutsiyaning 100-moddasida «KXDR Davlat kengashi raisi davlat nomidan ish ko‘radigan oliy rahbar hisoblanishi» belgilab qo‘yildi.

    » » Kim Chen In rasman Shimoliy Koreya rahbariga aylandi