11:30 / 14.07.2019
3 737

Uch metrlik skat odamlardan “yordam so‘radi” (video)

Uch metrlik skat odamlardan “yordam so‘radi” (video)
Avstraliyada 3 metrlik skat ko‘ziga kirib qolgan qarmoq ilgagidan xalos bo‘lish uchun g‘avvoslar yoniga suzib bordi. Bu haqda The Sun nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, suv ostida surat oluvchi fotograf Jeyk Uilton mahalliy aholi “Sepkil” deb ataydigan ushbu skat ortidan bir necha marotaba kuzatgan.

Jeykning aytishicha, dengiz jonzoti uning yoniga kelib, ilgak kirib qolgan ko‘zini unga tutib turgan. Fotosuratchi skat uni tanigani va yordam berishni so‘rayotgani haqidagi fikrga kelgan.

Bu voqeani qayiqdan kuzatib turgan dengiz biologi Monti Xollning ta’kidlashicha, skat Uilton ilgakni olib tashlash uchun suv ostiga bir necha marta sho‘ng‘igunicha qimirlamay turgan. Bunday urinishlardan biri pirovard natijada muvaffaqiyatli yakunlangan va ilgak skat ko‘zidan olib tashlangan.

Nashrning yozishicha, agar ilgak olib tashlanmaganda skat yuqumli kasallik orttirib olishi, ko‘r bo‘lib qolishi yoki hattoki nobud bo‘lishi ham mumkin edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uch metrlik skat odamlardan “yordam so‘radi” (video)