16:53 / 14.07.2019
3 324

Rossiyada qashshoqlashish belgilari. Aholining ovqatlanish xarajatlari oshmoqda

Rossiyada qashshoqlashish belgilari. Aholining ovqatlanish xarajatlari oshmoqda
Foto: «RIA Novosti»
Rossiyaliklar 2019 yilning ikkinchi kvartalida maoshining 38,9 foizini ovqatga sarfladi. Bu haqda Sberbank tomonidan har kvartalda o‘tkaziladigan so‘rovnomada ma’lum qilingan.

Bank tomonidan bildirilishicha, ovqatlanish uchun xarajatlarning oshishiga sabab yuqori inflyatsiya va aholi daromadining tushishi bilan bog‘liq. Rossiya statistika qo‘mitasi 2019 yilning birinchi yarmida inflyatsiya darajasi 5,9 foizni tashkil etganini ma’lum qilgan edi. Yilning birinchi yarmida rossiyaliklarning real daromadi 2,3 foizga tushib ketgan va yilning ikkinchi yarmida tushishda davom etishi aytilmoqda.

Rossiyaliklarning daromadi ovqatdan so‘ng kommunal to‘lovlar (15,4 foiz), kiyim-kechak (10 foiz), sog‘liqni saqlash (7,1) foiz va kreditlarni uzish (6,6) uchun sarflanmoqda. Alfa-bank iqtisodchisi Nataliya Orlova tomonidan ta’kidlanishicha, ovqatlanish xarajatlarining oshishi — aholining qashshoqlashishi va o‘rta tabaqa vakillarining kamayib borayotgani belgisidir. Sberbank tomonidan ma’lum qilinishicha, aholining 43 foizida hech qanday jamg‘arma yo‘q va shu bilan birgalikda rossiyaliklarning qarzdorligi oshib boryapti.

Qarzdorlikning o‘rtacha ko‘rsatkichi 10 foizga oshgan va 260 ming rublga yetgan. Ma’lum qilinishicha, iqtisodiy jihatdan boy davlatlarda aholining 20 foiz daromadi ovqatlanishga sarflanadi. Kambag‘al davlatlarda esa 50 foiz va undan yuqori hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada qashshoqlashish belgilari. Aholining ovqatlanish xarajatlari oshmoqda