19:20 / 14.07.2019
5 124

Putinni «quvib yuborish»ga bel bog‘lagan shaman Chitada miting o‘tkazib, Moskvaga yo‘l oldi

Putinni «quvib yuborish»ga bel bog‘lagan shaman Chitada miting o‘tkazib, Moskvaga yo‘l oldi
Foto: RFE
Prezident Vladimir Putinni «quvib chiqarish» maqsadida piyoda Moskvaga yo‘l olgan yoqutistonlik shaman Aleksandr Gabishev birinchi yirik shaharga yetib keldi, deb yozadi «Sneg.tv»ga tayanib Daryo nashri.

Chitada jangchi shaman odamlar soni bo‘yicha mahalliy rekordni o‘rnatgan mitingni to‘pladi. Turli manbalarga ko‘ra, 300 dan 700 nafargacha kishi shahar maydoniga shaman bilan uchrashish uchun yig‘ilgan.

Norozilik mitingini tashkillashtirishda shamanga RFKPning hududiy bo‘linmasi va «Grajdanskaya solidarnost» tashkiloti yordam berdi, aksiya «Putinsiz Rossiya» shiori ostida o‘tdi.

«Menga xudo Putinning odam emas, shayton ekanligini va men uni quvib yuborishimni aytdi. Va mana, men uni quvish uchun ketyapman. Hozircha tinch usullar — xalq majlislari, mitinglar bilan. Agar bular yordam bermasa, boshqa usullar ham bo‘ladi», — dedi Gabishev norozilik aksiyasida.

Shaman Rossiyada to‘g‘ridan to‘g‘ri xalq hokimiyati o‘rnatilishi, Putin esa iste’foga chiqishi kerak, degan qat’iy fikrda.

U keyingi manzil — Buryatiya poytaxti Ulan-Udega yo‘l oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putinni «quvib yuborish»ga bel bog‘lagan shaman Chitada miting o‘tkazib, Moskvaga yo‘l oldi