08:50 / 15.07.2019
2 423

Hindistonda tinimsiz yog‘ingarchilik suv toshqinlariga sabab bo‘ldi (video)

Hindistonda tinimsiz yog‘ingarchilik suv toshqinlariga sabab bo‘ldi (video)
Hindistonning Assam shtatida kuzatilayotgan tinimsiz yog‘ingarchilik keng ko‘lamli suv toshqinlarni keltirib chiqardi, deya xabar berdi Darakchi nashri.

Tabiiy ofatdan 800 mingdan ortiq kishi jabrlandi yana 6 kishi esa halok bo‘lgani aytilmoqda. Hozirda Braxmaputra, Beki, Bxareli, Dxansiri va Putimari daryolaridagi suv sathi xavfli ko‘rsatkichga qadar ko‘tarilib ketgan. Toshqinlar shtatning 33 okrugidan 21 tasiga talofat yetkazgan. Sinoptiklar hududda yog‘ingarchilik yana ikki kun davom etishi haqida ogohlantirishmoqda. Shtatning Barpeta okrugida 85 mingdan ortiq kishi boshpanasidan ayrilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda tinimsiz yog‘ingarchilik suv toshqinlariga sabab bo‘ldi (video)