12:15 / 15.07.2019
3 818

Tojikiston va Rossiya Xitoyning Shinjon-Uyg‘urdagi siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Qirg‘iziston va Qozog‘iston bayonotni imzolamadi

Tojikiston va Rossiya Xitoyning Shinjon-Uyg‘urdagi siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Qirg‘iziston va Qozog‘iston bayonotni imzolamadi
Rossiya, Belarus, Tojikiston va yana 34 mamlakat BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashida Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanidagi penitensiar muassasalarda uyg‘urlarni «qayta tarbiyalash» bo‘yicha Xitoyning siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda «Kommersant’» nashri Rossiya delegatsiyasidagi manbaga tayangan holda xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, 22 davlat (Yevropa ittifoqiga a’zo mamlakatlar, Yaponiya, Avstraliya, Kanada, Yangi Zelandiya) ochiq xatda Pekinning xatti-harakatlarini qoralab chiqdi. Shundan so‘ng, yuqoridagi 40ga yaqin mamlakat BMT Inson huquqlari bo‘yicha kengashi sessiyasida Xitoyning bayonotini qo‘llab-quvvatlagan.

Xitoy vakili Chen Syuyning ma’lum qilishicha, «Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida inson huquqlari sohasidagi yutuqlari qariyb 40ga yaqin delegatsiya tomonidan e’tirof etilgan». Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi uch yil ichida mintaqada teraktlar yuz bermagani davlat to‘g‘ri yo‘ldan ketayotganini ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, 2017 yildan beri g‘arbdagi inson huquqlari himoyasi bo‘yicha tashkilotlar, siyosatchilar va jurnalistlar Shinjon-Uyg‘ur muxtor tumanida «qayta tarbiyalash lagerlari» mavjudligi, ularda, turli ma’lumotlarga ko‘ra, 1 milliondan 3 milliongacha kishi - uyg‘urlar, qozoqlar, qirg‘izlar va boshqa musulmonlar sud hamda tergovsiz kuch bilan ushlab turilgani haqida aytib keladi.

Xitoyning kreditlari va investitsiyalariga ko‘z tikkan Qozog‘iston hamda Qirg‘iziston Pekin bayonotini imzolamadi, deya ta’kidlaydi «Ъ».

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tojikiston va Rossiya Xitoyning Shinjon-Uyg‘urdagi siyosatini qo‘llab-quvvatladi. Qirg‘iziston va Qozog‘iston bayonotni imzolamadi