Erdo‘g‘on S-400 zenit raketa tizimi bo‘yicha bitimni Turkiya tarixida muhim deb atadi

  • 15 iyul 2019, 19:23
  • 708
  • Dunyo
  • Erdo‘g‘on S-400 zenit raketa tizimi bo‘yicha bitimni Turkiya tarixida muhim deb atadi
    Foto: Reuters
    Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiyaning S-400 zenit raketa tizimini sotib olish haqidagi bitimni mamlakat tarixida eng muhim deb hisobladi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

    Shu bilan birga, prezident zenit raketa tizimi harbiy harakatlar uchun emas, mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash maqsadida olinayotganini ta’kidlagan. Erdo‘g‘on, shuningdek, NATO Turkiya Rossiyaning raketa tizimini olganidan xursand bo‘lishi kerakligini, chunki alyans a’zosi va tashkilotning o‘zi ham kuchliroq bo‘lishini qo‘shimcha qilgan.

    AQSh noroziliklariga qaramasdan, tizimning dastlabki partiyasi 12 iyul kuni Anqaraga yetkazilgan. Vashington Turkiyaga sanksiyalar bilan tahdid qilgan edi, ammo keyinchalik ularni joriy qilishni kamida bir haftaga kechiktirdi.

    » » Erdo‘g‘on S-400 zenit raketa tizimi bo‘yicha bitimni Turkiya tarixida muhim deb atadi