21:00 / 16.07.2019
4 451

Almazbek Atambayev Qirg‘izistondan chiqib ketishi mumkin

Almazbek Atambayev Qirg‘izistondan chiqib ketishi mumkin
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayev jurnalistlar bilan bo‘lgan suhbatda mamlakatni bir necha kunga tark etishi mumkinligini ma’lum qildi.

“Balki, bir-ikki kunga biror joyga zarur ishlarim yuzasidan borim kelishim mumkin. Lekin bu uchun muayyan imkoniyatlar va sharoitlar lozim. Umid qilishmasinki, men uchib ketaman va mamlakatini yo‘q qilishda davom etishlariga imkon beraman. Bu mening vatanim”, - deya iqtibos keltiradi Atambayev so‘zlaridan Sputnik.

Sobiq davlat rahbari mamlakatni bir umrga tark etish niyati yo‘qligini qo‘shimcha qilgan. Shuningdek, u imkoni tug‘ilsa qayerga borish kelishi mumkinligiga oydinlik kiritmagan.

Avvalroq qirg‘iz OAVlarida Atambayev Yevroosiyo taraqqiyot banki (YeOTB) boshqaruvi raisi Andrey Belyaninovning taklifiga binoan Rossiyaga yo‘l olganligi haqidagi xabarlar paydo bo‘lgandi.

Qirg‘iziston parlamenti 20 iyun kuni maxsus komissiya tomonidan tayyorlangan Atambayevga qarshi ayblovlar ro‘yxatini prokuraturaga topshirdi. Xulosaga ko‘ra, Atambayev bir nechta jinoyatlarni sodir etishda gumonlanmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosiga mahkum qilinishi mumkin.

Atambayev Qirg‘iziston IIV bosh tergov boshqarmasi tomonidan jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozodlikka chiqarilishi ishi bo‘yicha guvoh sifatida ko‘rsatma berish uchun 8 va 10 iyul kunlari so‘roqqa chaqirtirilgan edi.

Biroq sobiq prezident so‘roqqa borishdan bosh tortib, chaqiruv qog‘ozini hatto qo‘liga olmasligini aytgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Almazbek Atambayev Qirg‘izistondan chiqib ketishi mumkin