08:26 / 17.07.2019
3 993

Moskvada FXXning terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi zobitlari qo‘lga olindi

Moskvada FXXning terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi zobitlari qo‘lga olindi
Foto: Meduza
Moskvada Federal xavfsizlik xizmatining terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha boshqarmasining ikki zobiti qo‘lga olindi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Zobitlarni FXX ichki xavfsizlik boshqarmasi xodimlari ushlagani aytilmoqda. Mazkur operatsiya joriy yil aprel oyida o‘tkazilgan, biroq bu haqda endi xabar qildi.

Tergovga ko‘ra, Sergey Bogdanov va Sergey Ivanov Moscow Holiday Hotel mehmonxonasi egalaridan 5 million rubl talab qilgan. Buning evaziga biznesmenlar va mehmonxona joylashgan bino huquqi tegishli agentlik o‘rtasidagi tarang vaziyatni hal etish bo‘yicha «xizmatlari»ni taklif qilishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada FXXning terrorizmga qarshi kurash boshqarmasi zobitlari qo‘lga olindi