13:07 / 17.07.2019
3 884

Sukerberg Rossiyaning Kaliningrad viloyatini sotib olishni rejalashtirmoqda

Sukerberg Rossiyaning Kaliningrad viloyatini sotib olishni rejalashtirmoqda
Foto: EPA
Amerikalik milliarder, yirik IT-biznesmen va dunyodagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq — Facebook’ning asoschisi Mark Sukerberg Rossiyaning Kaliningrad viloyatini sotib olib, u yerda noyob ilmiy davlat qurish taklifini bildirdi, deb xabar beradi «Daryo.uz».

Kaliningrad — Rossiyaning boshqa hududlaridan ajralib turgan va Yevropaning markazida joylashgan viloyat hisoblanadi.

Sukerberg bu kabi taklifni Dehlida Hindiston texnologiya universiteti talabalari oldida qilgan chiqishi vaqtida bildirgan. Facebook asoschisining so‘zlariga ko‘ra, u ilm-fanning kelajagiga, yaqin vaqtlar ichida barcha kasalliklarning davosi topilishiga ishonadi.

Sukerbergning aytishicha, hozirda uning xodimlari sun’iy intellekt, abadiy hayot vaksinalari va Marsni zabt etish ishlari bilan shug‘ullanmoqda. Shuningdek, uning ta’kidlashicha, Kaliningrad butun dunyoga ertakchi Amadey Gofman, fizik Rudolf Poze, matematik Karl Neyman va faylasuf Immanuil Kant kabi insonlarni sovg‘a qilgani bilan ahamiyatli.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sukerberg Rossiyaning Kaliningrad viloyatini sotib olishni rejalashtirmoqda