23:03 / 17.07.2019
4 303

Turkmaniston prezidenti o‘z ta’tilini qanday o‘tkazmoqda?

Turkmaniston prezidenti o‘z ta’tilini qanday o‘tkazmoqda?
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov ta’tilining birinchi kunida “Turkmaniston shifobaxsh o‘simliklari” kitobining navbatdagi jildini yozib tugatdi, deb xabar qiladi Sof.uz nashri.

Xabarda aytilishicha, dalat yetakchisi “kitobga oxirgi o‘zgartirishlar kiritib, qo‘l yozmaga so‘nggi nuqta qo‘ydi va uni chop etishga berdi”.

Keyinchalik Berdimuhamedov ochiq havoda nabiralari bilan sayr qildi.

“Davlat rahbari nabiralarga Turkmaniston tabiati boyligi, go‘zalligi va o‘ziga xos tomonlari, hayvonot olamining xilma-xilligi haqida so‘zlab berdi”, - deyilgan xabarda.

Turmaniston prezidenti mamlakat tarixi, otlar, gilamlar, musiqa, oshpazlik, choy mavzularida kitob chop etgan. Ko‘plab kitoblar xorijiy tillarga tarjima qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston prezidenti o‘z ta’tilini qanday o‘tkazmoqda?