09:13 / 19.07.2019
3 084

Time jurnali Internetning eng ta’siri kuchli shaxslarini e’lon qildi

Time jurnali Internetning eng ta’siri kuchli shaxslarini e’lon qildi
Foto: «Korrespondent.net»
Time jurnali Internet olamidagi eng nufuzli 25 kishini e’lon qildi. Bu haqda nashrning rasmiy sayti ma’lumotlariga tayanib, «Korrespondent.net» xabar qiladi.

Ushbu ro‘yxat reyting emas, balki ijtimoiy tarmoqlar va yangiliklar sohasida eng kuchli ta’sirga ega bo‘lgan shaxslarni aniqlaydi. Ro‘yxat siyosatchilar, qirollik oilasi a’zolari, musiqachilar, shou-biznes yulduzlari, blogerlar va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

Instagram ijtimoiy tarmog‘ida «xit» bo‘lib, millionlab «layk» to‘plagan «Tovuq tuxumi» posti muallifi ham reytingda o‘rin egalladi.

Ro‘yxatga Britaniya shahzodasi Garri va uning rafiqasi Megan Markl ham kiritilgan. Musiqa olamidagi eng nufuzli repper Lil Nas X, koreys guruhi BTS, repper Cardi B va Ariana Grande ro‘yxatdan joy oldi. Aktyorlardan esa Jamila Jamil va Jada Pinkett-Smitlar 25 talik reytingga kiritildi.

Siyosatchilardan AQSh prezidenti Donald Tramp va Kongressning ayol a’zosi Aleksandriya Okasio-Kortes ro‘yxatga kiritilgan.

Shuningdek, 25 talik reytingda sobiq amerikalik harbiy Brayan Kolfedj, saudiyalik qochqin Rahaf Muhammad, amerikalik aktivist Edi Barkana, jurnalistlar Karlos Maza, Yashar Ali, Ben Shapirolar joy egalladi.

Ro‘yxatga ko‘plab blogerlar, jumladan, Layza Koshi, Jeyms Charlz, Emma Chemberlen, Jojo Siva, Erman Garmendiya, Chjan Dai va Bendjamin Lupolar kiritildi.

Manba: Daryo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Time jurnali Internetning eng ta’siri kuchli shaxslarini e’lon qildi