10:43 / 19.07.2019
3 896

Dunyoning eng hurmat qilinuvchi jamoat arboblari reytingi e’lon qilindi

Dunyoning eng hurmat qilinuvchi jamoat arboblari reytingi e’lon qilindi
Microsoft kompaniyasi asoschisi Bill Geyts va AQShning sobiq birinchi xonimi Mishel Obama butun dunyo odamlari orasida eng hurmat qilinuvchi jamoat va davlat arboblari reytingiga boshchilik qilmoqda. Bundan YouGov sotsiologik xizmati so‘rovnomasi natijalari darak bermoqda. Joriy yilda so‘rovnomada 41 ta davlatdan 42 mingdan ko‘proq odam ishtirok etdi.

Shu tariqa, ayollar o‘rtasida reytingga Mishel Obama yetakchilik qilmoqda, u avvalgi reytingda 1-o‘rinni egallagan amerikalik aktrisa, BMT oliy komissari boshqarmasining ko‘ngilli elchisi Anjelina Joli o‘rnini egallagan, Joli esa 3-o‘ringa tushgan. 2-o‘rinni amerikalik teleboshlovchi Opra Uinfri egallagan. Ayollar o‘rtasida reytingning yuqori beshtaligiga Britaniya qirolichasi Yelizaveta II va britaniyalik aktrisa Emma Uotson ham kirgan.

Yetakchi yigirmatalikdan Xitoy raisining rafiqasi Pen Liyuan (7-o‘rin), AQShning sobiq davlat kotibi Xillari Klinton (8-o‘rin), amerikalik qo‘shiqchi Teylor Svift (10-o‘rin), Germaniya kansleri Angela Merkel (12-o‘rin), Britaniya bosh vaziri Tereza Mey (18-o‘rin) va AQShning birinchi xonimi Melanya Tramp (19-o‘rin) joy egallagan.

Erkaklar o‘rtasida 2-o‘rinni AQShning sobiq prezidenti Barak Obama, 3-o‘rinni aktyor Jeki Chan egallagan. 4-o‘ringa Xitoy raisi Si Szinpin, 5-o‘ringa yana bir xitoylik – Alibaba asoschisi Jek Ma qo‘yilgan.

Shuningdek, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi 6-o‘rinni, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 10-o‘rinni, AQSh prezidenti Donald Tramp 14-o‘rinni, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an 19-o‘rinni egallagan. Futbolchilar Krishtianu Ronaldu (7-o‘rin) va Lionel Messi (9-o‘rin) reytingga kiritilgan yagona sportchilar bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning eng hurmat qilinuvchi jamoat arboblari reytingi e’lon qilindi