13:20 / 19.07.2019
3 210

Jorjiyada plyajda dam olayotganlar 50 ga yaqin kitni qutqarib qoldi (video)

Jorjiyada plyajda dam olayotganlar 50 ga yaqin kitni qutqarib qoldi (video)
Foto: CBS News
Jorjiya yaqinidagi plyajda dam olayotgan aholi qirg‘oqqa chiqib qolgan 50 ga yaqin kitni qutqarish uchun yordam ko‘rsatdi, deb xabar beradi Daryo.uz nashri.

Dengiz Sent-Saymons oroli qirg‘og‘iga 50 yaqin kitni uloqtirib tashlagan. Mahalliy aholi va turistlar qutqaruvchilar kelishini kutib o‘tirmasdan, ularga yordam ko‘rsatdi.

Dengiz jonivorlarining aksariyati suvga qaytarildi, biroq uch nafari halok bo‘lgani aytilmoqda. Uchta kitning halok bo‘lishiga nima sabab bo‘lgani aniqlanmoqda.
Beached Whales East Beach SSI, GA

East beach St. Simons Island, GA

Опубликовано Dixie V. McCoy Вторник, 16 июля 2019 г.

Qoidaga ko‘ra, jamoatchilik vakillari kitlarga yordam berishga urinmasligi kerak, chunki bu kabi vaziyatlardan keyin odatda ular kasal bo‘lib qoladi yoki jarohat oladi. Ammo mazkur holatda dam oluvchilar qoidani chetlab o‘tib, yordam qo‘lini cho‘zdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jorjiyada plyajda dam olayotganlar 50 ga yaqin kitni qutqarib qoldi (video)