Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy amaldorlar va harbiylar bilan suhbatiga qo‘shilmoqchi bo‘lgan mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Stepan Poltorakka chetroqqa o‘tib turishni buyurdi. Ushbu holat videoyozuvi ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.
Ukrainaning Vesti nashri xabar berishicha, voqea askarlar yashaydigan tajribaviy modullarni ko‘zdan kechirish vaqtida yuz bergan. Uchrashuvda Ukraina bosh shtabi boshlig‘i Ruslan Xomchak va prezident ofisi rahbari o‘rinbosarlari Ruslan Ryaboshapka va Kirill Timoshenko ham ishtirok etgan. Videoda Poltorak suhbatga qo‘shilmoqchi bo‘lgani, biroq Zelenskiy u tomonga keskin burilib, vazirga imo-ishora bilan chetroqqa o‘tib turishni aytganini ko‘rish mumkin.
“Zelenskiy lahzalardan birida keskin burilib, unga yaqinlashgan Poltorakni o‘zidan narilatdi. Shunday bo‘lsa-da, u keyinroq mudofaa vazirining dokladini kulimsirab eshitgan va namoyishkorona tarzda uning yelkasiga qoqib-qoqib qo‘ygan”, deyilgan xabarda.
Poltorakning o‘zi “Senzor.net” nashri bosh muharririga Zelenskiy uni itarmagani, shunchaki unga o‘girilib “Bir soniya” deb aytganini ma’lum qilgan. Vazirning aytishicha, hammasi odob doirasida bo‘lgan.
Zelenskiy inauguratsiyasidan keyinoq oliy radadan Poltorakni, tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkinni va Ukraina xavfsizlik xizmati rahbari Vasiliy Gritsakni lavozimlaridan ozod etishni talab qilgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi