Tergovchilar guruhi Atamboyevning qarorgohiga kiritilmadi (video)

  • 22 iyul 2019, 23:30
  • 1 398
  • Dunyo
  • Tergovchilar guruhi Atamboyevning qarorgohiga kiritilmadi (video)
    Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Mirlan Kanimetov va tergov guruhi Almazbek Atamboyevni tergovga chaqirish uchun uning qarorgohiga keldi, ammo quruq qo‘l bilan qaytdi, deb xabar berdi Kun.uz nashri.

    O‘tgan haftada Atamboyev jinoyatchi Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi bo‘yicha ishda guvohlik berish uchun uchinchi marta IIV bosh tergov boshqarmasiga chaqirildi. Ammo sobiq prezident tergov boshqarmasiga bormadi. Qirg‘iziston qonunchiligiga ko‘ra, tergovga uch marta bormagan shaxs majburiy ravishda tergovga olib kelinishi lozim.

    Qayd etilishicha, qarorgohga huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari kiritilmagan, ularning oldiga sobiq prezidentning maslahatchisi Kunduz Joldubayeva chiqqan. U sobiq prezident tergovga bormasligini ma’lum qilgan.

    Almazbek Atamboyevga bir nechta ayblovlar qo‘yilmoqda. Agar sud sobiq prezidentni aybdor deb topsa, u umrbod qamoq jazosi olishi mumkin.
    9 iyulda Atamboyev Qirg‘izistonning sobiq prezidenti maqomidan mahrum etildi. Avvalroq esa u daxlsizlikdan mahrum etilgandi.

    » » Tergovchilar guruhi Atamboyevning qarorgohiga kiritilmadi (video)