07:41 / 23.07.2019
3 473

Qosim-Jo‘mard To‘qayev: «Otam Stalindan umrbod minnatdor bo‘lgan»

Qosim-Jo‘mard To‘qayev: «Otam Stalindan umrbod minnatdor bo‘lgan»
Foto: From UA News
Qozog‘istonning «31 kanal» efirida «Prezident 2.0» deb nomlangan hujjatli film namoyish etildi. «Nur.kz» ma’lum qilishicha, film asosini prezident Qosim-Jo‘mard To‘qayev bergan intervyular tashkil etadi.

Unda prezident jamoalashtirish yillarida Qozog‘iston hammadan ko‘proq jabrlanganini aytgan. «Eng oddiy hisob-kitoblarga ko‘ra, 2,5 million qozog‘istonlik halok bo‘lgan», — degan u.

«O‘sha paytlarda otamning oilasi katta yo‘qotishlarni boshidan kechirgan edi. Faqat ikki o‘g‘il - otam bilan amakim qolgan edi xolos», — deb xotirlaydi To‘qayev. — Ikkovi ham internat va maktabdan so‘ng frontga ketgan».

Prezidentning amakisi Rjevsk jangida halok bo‘lgan. Uning qabrini uzoq vaqt topa olishmagan. Prezident amakisining qabri birodarlar qabristonidan topilgach, To‘qayev u yerga otasining qabridan tuproq olib borgan.

«Otam urushda g‘alabaga erishilgani uchun umrining oxirigacha Stalindan minnatdor odam bo‘lib qolgan», — deb aytgan To‘qayev. «Mana shunday qarama-qarshiliklar bo‘lgan. Stalin sababli u yetim bo‘lib qolgan, lekin uni doim buyuk qo‘mondon, deb hisoblagan».

Uning ta’kidlashicha, Stalin yirik tarixiy va... qarama-qarshili shaxs.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qosim-Jo‘mard To‘qayev: «Otam Stalindan umrbod minnatdor bo‘lgan»