11:30 / 23.07.2019
3 153

Xitoylik erkak xotinining e’tiborini tortish uchun beshinchi qavatdan sakradi

Xitoylik erkak xotinining e’tiborini tortish uchun beshinchi qavatdan sakradi
Foto: Minval
Xitoylik erkak xotiniga jahl qilib beshinchi qavatdan sakradi. Bu orqali erkak bir yoshli o‘g‘li bilan band bo‘lgan ayolining e’tiborini tortishga qaror qilgan, deb xabar beradi «Daryo.uz».

Ayol turmush o‘rtog‘ini o‘zi yo‘qligida farzandiga yaxshi qaramayotganlikda ayblagan. Oqibatda erkak bunga chiday olmay, derazadan sakrab yuborgan.

U uchinchi qavatning balkoniga yiqilib tushib omon qolgan. Shundan so‘ng erkak biror bir suv havzasiga borib o‘zini cho‘ktirishi haqida ayolni ogohlantirgan.

Vahimaga tushgan ayol politsiyaga murojaat qilgan. U yaqin atrofdagi sayoz suv havzasidan xushsiz holda topilgan va erkakka birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Hozirda uning ahvoli barqaror ekanligi aytilmoqda.

Erkak OAV vakillari bilan suhbatda ayoli unga kam e’tibor qaratayotganini bildirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik erkak xotinining e’tiborini tortish uchun beshinchi qavatdan sakradi