Janubiy Koreyada velosipedlarni o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik talabalar qo‘lga olindi (video)

  • 23 iyul 2019, 11:50
  • 1 319
  • Dunyo
  • Janubiy Koreyada velosipedlarni o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik talabalar qo‘lga olindi (video)
    Janubiy Koreya politsiyasi velosipedlarni o‘g‘irlab, o‘z davlatiga eksport qilmoqchi bo‘lgan chet ellik talabalarni qo‘lga oldi. Bu haqida Yonhap yangiliklar agentligi xabar bermoqda.

    Chonjudagi politsiyasi bo‘linmasi joriy yilning 19 iyulida 29 yoshli Qirg‘iziston fuqarosi va 23 yoshdagi 2 nafar o‘zbekistonlik talaba ikki-uch hafta davomida 34 ta velosipedni o‘g‘irlaganini ma’lum qildi.

    Politsiya xodimlarining xabar berishicha, ular shahardagi ko‘p qavatli uylar va yotoqxonalar oldida joylashtirilgan velosipedlarni o‘g‘irlashgan va ularni tashish uchun maxsus yuk mashinasidan foydalanishgan.

    Birinchi navbatda politsiya xodimlari jabrlanuvchilarning arizasi asosida tergovni boshlab, kuzatuv kameralari (CCTV) oqrqali voqeani tahlil qilishgan.

    #Uyat bularni nima deb nomlashga tilim ojiz! Velosiped o’g’rilari ushlandi. Kecha Cheonju politsiyasi 29 yoshli Qirg’iziston va 2 ta 23 yoshli O'zbekiston fuqarolarini ushlangani xaqida xabar berdi, ular 3 iyuldan buyon 34ta velosiped o’g’irlashgan. Velosipedlarni olib ketish uchun 1 tonnalik mini gruzovik mashinasidan foydalanishgan. Qirg’izistonlik fuqaro velosipedlarni o’zi yashayotgan shaxarga jo’natishga urunganligini tan olgan Ehh o'zbeklarni nomini sharmanda qildilaring sanlar boruu😡😡😡😡

    Опубликовано Koreyadagi Uzbeklar Jamiyati Суббота, 20 июля 2019 г.

    Qirg‘iziston fuqarosi velosipedlarni o‘z mamlakatiga eksport qilmoqchi bo‘lganligini tan oldi.
    Ayni damda politsiya o‘g‘irlangan barcha velosipedlarni qidirishda va bu ishga aloqador shaxslarni qo‘lga olishda davom etmoqda.

    Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda Janubiy Koreyada yashaydigan hamyurtlarimiz orasida katta muhokamaga sabab bo‘lmoqda. Ko‘plab yurtdoshlarimiz bunday uyatli holat Koreyada ko‘p takrorlanishini afsus bilan tan olishgan bo‘lsa, yana aksariyat o‘zbeklar bu kabi xunuk ishlarni amalga oshirgan fuqarolar millatimiz sha’niga dog‘ tushirayotganini qayd etgan. Shuningdek, ko‘pchilik Janubiy Koreya eng xavfsiz davlatlardan biri ekanligi, u yerda kuzatuv kameralari tun-u kun ishlashini ma’lum qilgan.

    » » Janubiy Koreyada velosipedlarni o‘g‘irlagan o‘zbekistonlik talabalar qo‘lga olindi (video)