16:53 / 23.07.2019
2 897

Boris Jonson Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziriga aylandi

Boris Jonson Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziriga aylandi
Bugun Britaniyada yangi bosh vaziri kim bo‘lishi aniqlanishi kutilayotgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, kurashlarda konservatorlar partiyasidan bo‘lgan Boris Jonson g‘alaba qozongan.

Konservativ partiya eng ko‘p Jonsonga ovoz bergan (92 153). Uning raqibi, amaldagi tashqi ishlar vaziri Jeremi Xant 46 656 ta ovoz to‘plagan. Partiya yetakchiligiga kim saylansa u avtomatik tarzda bosh vazirga aylanadi.

Jonson 24 iyuldan bosh vazirlik o‘rnini egallaydi.

Boris Jonson 1964 yil 19 iyunda Nyu-Yorkda tavallud topgan. Oksford universitetining Balliol kollejida tahsil olgan. Jurnalist sifatida ham faoliyat olib borgan. U avval London shahar meri, Britaniya tashqi ishlar vaziri lavozimlarida ishlagan. Breksitning ashaddiy tarafdori. Avvalgi chiqishlarida mamlakatni joriy yil oktyab oyi oxiriga qadar Yevropa Ittifoqidan chiqarib olishga va’da bergan edi.

«Biz Brexit`ni amalga oshiramiz», dedi Jonson saylovlarda g‘olib bo‘lgani e’lon qilingach.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Boris Jonson Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziriga aylandi