19:13 / 23.07.2019
2 640

Atamboyevning yuristi: U tergov savollariga OAV orqali javob berishga tayyor

Atamboyevning yuristi: U tergov savollariga OAV orqali javob berishga tayyor
Qirg‘iziston sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev jinoyat olamidagi nufuzli shaxs Aziz Batukayevning noqonuniy ravishda ozod qilinishi bo‘yicha ish yuzasidan tergovchilar savollariga OAV orqali javob berishga tayyor. Bu haqda Atamboyevning yuristi Sergey Slesaryov ma’lum qildi.

«Almazbek Sharshenovich yozma ko‘rinishda taqdim etilgan savollarga javob berishga tayyor. Bu Atamboyevning ochiq xabarnomasi doirasidagi javoblar bo‘ladi, ammo so‘roq shaklida emas, ya’ni qonunni buzmagan holda», - deyiladi advokat bayonotida.

Sobiq prezident IIVga so‘roqqa kelish haqidagi chaqiriqlarni uch marotaba e’tiborsiz qoldirdi - Atamboyev parlament tomonidan sobiq prezident maqomi va daxlsizlik huquqidan mahrum qilinganidan keyin, unga chaqiruv qog‘ozlari kela boshladi.

Atamboyevni huquqiy daxlsizlikdan mahrum qilishga sabablardan biri 2013 yilda Aziz Batukayevning noqonuniy ravishda ozod qilish bo‘yicha ayblovdir. Qirg‘iziston rasmiylari ushbu ish bo‘yicha tergovni 2019 yilning bahorida qayta tiklashdi - uning doirasida shifokorlar va sobiq amaldorlar, shu jumladan, sobiq bosh prokuror Aida Salyanova qo‘lga olindi.

Atamboyevni ta’qib qilishga urinishlar uning amaldagi prezident Sooronbay Jeenbekov bilan janjallashishi fonida kuzatilmoqda. Ularning mojarosi 2018 yil bahori, sobiq prezident hozirgi davlat rahbari Jeenbekov o‘zining korrupsiyaga qarshi kampaniyasi natijalariga shubha bildirganidan darg‘azab bo‘lganidan beri davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyevning yuristi: U tergov savollariga OAV orqali javob berishga tayyor