20:33 / 23.07.2019
4 273

Vladimir Jirinovskiy Ukraina Rossiya tarkibiga kiritilishi mumkinligini tan oldi

Vladimir Jirinovskiy Ukraina Rossiya tarkibiga kiritilishi mumkinligini tan oldi
Foto: «TASS»
Rossiya Liberal-demokratik partiyasi yetakchisi Vladimir Jirinovskiy ma’lum vaqtdan so‘ng Ukraina Rossiyaning bir qismi bo‘lishi mumkinligini tan oldi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

«RIA Novosti»ning yozishicha, Ukrainadagi vaziyatni siyosatchi metastazalar butun tanaga tarqab ketadigan saratonning to‘rtinchi bosqichiga o‘xshatgan.

«Butun xalq qonda. Iqtisodiyot yo‘q, odamlar ketib qolmoqda. Zelenskiy Ukrainada atigi 1—2 yil prezidentlik qilishi mumkin. Keyin uni bo‘shatishadi», deb yozgan Jirinovskiy.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainada minglab qurollangan «ukrainaorti millatchilar»i bo‘lib, ular hukumatga o‘z «Pinochet»ini keltiradi va keyinchalik uni ham ketkazadi.

Jirinovskiyning qo‘shimcha qilishicha, bularning barchasiga Ukrainaning bo‘linishi, shundan so‘ng butun Ukrainaning Rossiya tarkibiga qo‘shilganidan so‘ng barham beriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Vladimir Jirinovskiy Ukraina Rossiya tarkibiga kiritilishi mumkinligini tan oldi