15:41 / 24.07.2019
4 099

Atamboyev Rossiyadan jo‘natilgan maxsus samolyotda Moskvaga uchib ketdi

Atamboyev Rossiyadan jo‘natilgan maxsus samolyotda Moskvaga uchib ketdi
Daxlsizlik huquqi va Qirg‘izistonning sobiq prezidenti maqomidan mahrum etilgan Almazbek Atamboyev Rossiyaning Kant harbiy bazasidan xususiy samolyotda Moskvaga uchib ketdi.

Avvalroq Atamboyev do‘stlari taklifiga ko‘ra Moskvaga bormoqchiligini va 25 iyul kuni qaytishini e’lon qilgandi. U kim bilan uchrashishni rejalashtirganini ma’lum qilmagan.

Sotsial-demokratik partiya vakili Kunduz Joldubayevaning ijtimoiy tarmoqda xabar qilishicha, Atamboyevni olib ketish uchun Rossiyadan RusJet aviakompaniyasining RRJ-95B maxsus borti kelgan.

Sobiq prezidentni 300ga yaqin tarafdorlari kuzatib qo‘ygan. Atamboyevga uch nafar parlament deputati va sotsial-demokratik partiya siyosiy kengashining ikki a’zosi hamrohlik qilmoqda.

Qirg‘iziston parlamenti Almazbek Atamboyevni 27 iyun kuni daxlsizlik huquqi va sobiq prezident maqomidan mahrum qilgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Atamboyev Rossiyadan jo‘natilgan maxsus samolyotda Moskvaga uchib ketdi