Foto: «Ukranews.com»
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning gips haykalchalari, aniqrog‘i, byustlari ertaga, 25 iyuldan erkin savdoga chiqadi. Ularni butun Ukraina bo‘ylab internet orqali sotib olish mumkin. Bu haqda TAASga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.
«Ajoyib va o‘ziga xos sovg‘a, ish stolingiz va xonangizni yanada boyitadi. Ukrainada birinchi marta! Rasman 25 iyuldan sotuvda, eng qulay narxlarda hoziroq sotib oling! Haykaltaroshlik gipsidan ishlangan, uch qavat lok va susal oltini bilan qoplangan», — saytlarning birida shu mazmundagi xabar berilgan.
Foto: TASS
«Ukraina yangiliklari» ma’lumotiga ko‘ra, gips byustning narxi — 2 ming griven (78 dollar atrofida). Og‘irligi 2,5 kg., balandligi — 23 sm.
Prezident Zelenskiy bu tashabbusga qanday qaraydi, hozircha noma’lum.
Eslatib o‘tamiz, Vladimir Zelenskiy rasman prezidentlikka kirishish nutqida xususan, shunday degandi: «Sizlarning kabinetlaringizda mening suratlarim bo‘lmasligini judayam istayman, iltimos. Prezident — but, sajdagoh yoki portret emas. O‘sha joyga o‘z farzandlaringiz suratini ilib qo‘ying va har bir muhim qaror qabul qilishda ularning ko‘zlariga boqing». “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?