09:58 / 25.07.2019
4 022

"Bakteriyalar muloqoti"ni tinglayotgan muslima nanotexnolog: “Tashxis qo‘yish osonlashadi”

"Bakteriyalar muloqoti"ni tinglayotgan muslima nanotexnolog: “Tashxis qo‘yish osonlashadi”
Muslima nanotexnolog “bakteriyalar muloqoti”ni tinglashga imkon beradigan vositani o‘ylab topdi. Mazkur tibbiy nou-xau antibiotiklarga chidamlilikni jilovlash va bir qator kasalliklarga atigi bir necha soniyada tashxis qo‘yishga yo‘l ochadi.

“Men qo‘llaydigan testda 30 soniyada bakteriyalar aniqlanib, tashxis qo‘yiladi. Umid qilamanki, bu shifokorlarga aniq dorilarni tayinlashlariga yordam beradi. Axir, ko‘p hollarda umumiy muolaja kursi tayinlanadi yoki umuman noto‘g‘ri tashxis qo‘yiladi”, – deydi doktor Fotima az-Zahro al-Atrakchi.

Fotima Kuvaytda tug‘ilgan, hozirda ikki farzandni tarbiyalayapti. 2018 yilning yanvarida Daniya texnika universitetida fizika va nanotexnologiya yo‘nalishida doktorlik darajasini qo‘lga kiritdi.

U immun tizimi susaygan kishilarda Pseudomonas aeruginosa (ko‘k yiringli tayoqcha) tufayli kelib chiqqan infeksiyani mavjud usullardan ko‘ra tezroq aniqlashga imkon beradigan uzatgich (datchik)ni ishlab chiqdi.

Al-Atrakchi ilmiy izlanishlari uchun 2017 yilda Lundbek ilmiy tadqiqotlar jamg‘armasining 30 yoshgacha bo‘lgan olimlarga beriladigan besh mukofotidan birini qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng u o‘z kompaniyasini ochdi, maqsadi – o‘z ilmiy tadqiqotlarini takomillashtirish va rivojlashtirish.

Al-Atrakchi o‘tkazadigan test natijalarini peshob chiqarish tizimi kasalliklaridan tortib mukovissidozli bemorlarda o‘pka kasallarini aniqlashgacha bo‘lgan ko‘pgina hollarda ishlatish mumkin.

Testning mohiyati shuki, u bakteriyalar tarqalishidan va organizmga zarar yetkaza boshlashidan oldin ular o‘rtasida kechadigan “muloqot”ni uzatishga yordam beradi.

Tadqiqotchining aytishicha, tomoqdan surtma olish singari zamonaviy standart testlarning natijasini va tashxis qo‘yishni bir necha kun kutishga to‘g‘ri keladi. Pirovardida shifokorlar antibiotiklarni barvaqt tayinlashadi, bu esa dori vositalariga nisbatam chidamlilikni oshiradi, ayni paytda bu salomatlik uchun eng jiddiy xavflardan biri hisoblanadi.

“U yoki bu kasallikka tahlil topshirsangiz, sizga aynan siz ehtiyoj sezadigan muolaja tayinlanadi. Antibiotiklar ko‘p va ular turfa xil. Shifokorlar ularni tahlil natijalaridan kelib chiqqan holda tayinlashadi”, – deya tushuntiradi al-Atrakchi. – Bizning zamonamizda tashxis qo‘yishning eski usulidan foydalanish resurslarni sovurish demakdir.

Mening gipotezam shuki, agar biz bakteriyaning turini aniqlasak, aniq muolajani tayinlashimiz va bemor qabul qiladigan antibiotiklar sonini kamaytirishimiz mumkin. Bakteriyalar molekulalar chiqarar ekan, o‘zaro muloqot qiladi. Bu molekulalar katta miqdorda yig‘ilganida, ular bakteriyalarga signal beradi”.

Olimaning aytishicha, shundan so‘ng bakteriyalar organizmga hujum qilish imkoniyati paydo bo‘lganini anglab yetadi va harakatga tushadi. Ular sog‘lom bakteriyalarni yo‘q qiladi, ko‘payadi va inson organizmi uchun zararli toksin ishlab chiqaradi.

Al-Atraki 2016 yilda o‘z testini mukovissidozga chalingan 62 bemorda sinab ko‘rib, uning samarali ekanini aniqladi. Tadqiqot natijalari hali e’lon qilingani yo‘q. Test natijalari bemorlarning yarmidan ko‘pida “bakteriyalar o‘rtasidagi muloqot”ni kuzatishga imkon yaratdi, an’anaviy tashxis usullari esa bu borada hech qanday yordam bermadi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti antibiotiklarga chidamlilik butun dunyoda xavfli nuqtaga yaqinlashayotganini aytmoqda. Chidamlilik qo‘llanilayotgan dori vositalariga javoban bakteriyalar o‘zgara boshlaganida paydo bo‘ladi.

Insonlar va hayvonlardan farqli ravishda bakteriyalar antibiotiklarga nisbatan chidamli bo‘lishi mumkin. Bunday bakteriyalar tufayli kelib chiqqan infeksiyalarni davolash qiyinroq bo‘ladi.

Manba: Azon.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Bakteriyalar muloqoti"ni tinglayotgan muslima nanotexnolog: “Tashxis qo‘yish osonlashadi”