Qozog‘istonda “gugl uchun soliq” kiritishni istayapti. Bu haqda mamlakat iqtisodiyot vaziri o‘rinbosari Madi Takiyev Forbes.kz manbasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Butun dunyo shunga o‘tgan va biz qolib ketmasligimiz kerak. Biz elektron shaklda ko‘rsatilayotgan xizmatlar uchun, xaridorlarga xizmat ko‘rsatuvchi xorij tashkilotlari uchun QQS joriy etmoqchimiz”, - dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap Google, Alibaba kabilar haqida ketmoqda. Ular o‘zlarini intizomli soliq to‘lovchilar sifatida ko‘rsatishadi. Biroq Qozog‘iston rasmiylarida ularni soliq to‘lashga majbur etadigan dastaklar mavjud emas.
“Ammo biz ular hisobda turib, soliq to‘lashlari uchun maydon yaratamiz. Belarus va Rossiya xuddi shunday qilgan, ularni o‘zlarida ro‘yxatdan o‘tkazishgan. Mana Rossiya o‘tgan yilda ushbu soliqdan 12 mlrd. rubl oldi”, - deydi Takiyev.
U ayni paytda vazirlik tomonidan kompaniyalar uchun bu boradagi shartlar ishlab chiqilayotganini bildirdi.
Rossiyada “gugl uchun soliq” 2017 yilda joriy etilgan bo‘lib, u IT-kompaniyalarga rossiyalik foydalanuvchilarga sotilgan elektron tovarlar va xizmatlardan 18 foizlik to‘liq hajmda QQS to‘lash majburiyatini yuklaydi. Joriy yildan bu 20 foizga chiqdi.
Ushbu qonun internet huquqi orqali kompyuter dasturlari, jumladan, o‘yinlar va ma’lumotlar bazalaridan foydalanadigan, reklama va e’lonlar joylashtirish, elektron resurslarni qo‘llab-quvvatlash, elektron kitoblar, musiqa, videolardan foydalanish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatib keladigan, domen va xosting taqdim etadigan kompaniyalarga tegishlidir.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda bunday soliq yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi