07:13 / 26.07.2019
4 234

Qaysi mamlakatda noinsof odamlar ko‘proq ekaniga doir tadqiqot o‘tkazildi

Qaysi mamlakatda noinsof odamlar ko‘proq ekaniga doir tadqiqot o‘tkazildi
Shveysariya va Buyuk Britaniya aholisi eng insofli va tartibli deb hisoblanishi mumkin. Bir necha tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, ushbu ikki mamlakat fuqarolari boshqalarga qaraganda atrofdagilarni ko‘p munosabatlar qatorida moliyaviy masalalarda ham kamroq aldashadi.

Amerikalik va shveysariyalik olimlar 2018 yil mobaynida dunyoning turli shaharlarida bo‘lib, birgina tajribani takror-takror o‘tkazishgan. Ular odamlarga ko‘rinadigan joyda, masalan, ko‘chada, muzeyda, bankda va mehmonxonalarda pul to‘la hamyonni egasining ma’lumotlari bilan birga qoldirishgan. So‘ngra, hamyonni topib olgan shaxs qanday yo‘l tutishini kuzatishgan. Shunday qilib, dunyoning 40 mamlakatida 17 mingdan ortiq kishi insofda sinalgan.

Odamlar o‘zlarining moddiy foydasiga qarshi kelmaguncha tartibli bo‘ladi, an’anaviy xulosadan farqli o‘laroq, tajribaning ixtiyorsiz ishtirokchilari topilmani egasiga qaytarishga harakat qilishgan. Bunda, ko‘p hollarda, (51ga 40 nisbatda) hamyon puli bilan birga qaytarilgan.

Ta’kidlanishicha, hamyon ichidagi naqd pullar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uni egasiga qaytarish ehtimoli ham shunchalik oshgan. Agar pul hamyonlarni 46 foiz holatda qaytarishgan bo‘lsa, uncha ko‘p bo‘lmagan va ko‘p miqdordagi naqd pullar bo‘lgan hamyonlar tegishli ravishda 61 va 72 foiz hollarda egasiga qaytarilgan.

Qayd etilishicha, topilma egasiga Shveysariya, Norvegiya va Daniya (70-85 foiz) kishilar aloqaga chiqishgan. Eng kam natija Xitoy, Peru va Qozog‘istonda kuzatilgan. Rossiyaning bu boradagi ko‘rsatkichi 55 foizdir.

Mutaxassislar bu holatni quyidagicha izohlashdi: pul to‘la hamyonni o‘zlashtirgan odamlar o‘zlarini o‘g‘ri deb hisoblashlari bois, bo‘sh hamyonni cho‘ntakka urganlarga qaraganda ruhiy noqulaylikni ko‘proq his qilishadi. Bu fikrni tajriba o‘tkazilgan mamlakatlarda bo‘sh hamyonni o‘zlashtirish uchun jazo belgilanmagani ham bilvosita tasdiqlaydi.

Qaytarilgan buyum uchun esa, hamyon ichidagi mablag‘dan bir necha barobar kam mukofot puli belgilangan. Bundan tashqari, olimlarning taxminiy fikrlarini Polsha, Buyuk Britaniya va AQShda 2,5 ming kishi orasida o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rov natijasi ham isbotlaydi. Ularning aksariyati, pulli hamyonni egasiga qaytarmasa, o‘zlarini yolg‘onchi his qilishlarini ta’kidlashgan. Biroq, bo‘sh hamyon bilan bog‘liq holatda vijdon bilan kelishib ketish osonroq kechgan.

Shuningdek, odamlar, ularni atrofdagilar kuzatib turganini his qilishsa, insofliroq harakat qilishga urinishi oydinlashgan. Britaniyalik olimlarning aniqlashicha, inson qiyofalari tasvirlangan reklama bannerlari oldida ham kamroq o‘g‘rilik yoki o‘zganing mulkini o‘zlashtirish jinoyatlari kamroq sodir etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qaysi mamlakatda noinsof odamlar ko‘proq ekaniga doir tadqiqot o‘tkazildi