10:40 / 26.07.2019
2 870

Braziliyadagi aeroportdan 750 kg oltin o‘g‘irlandi (video)

Braziliyadagi aeroportdan 750 kg oltin o‘g‘irlandi (video)
Foto: Globo
Braziliyaning San-Paulu shahridagi xalqaro aeroportda noma’lum shaxslar 750 kilogramm oltin o‘g‘irladi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Jinoyatchilar aeroport hududiga 25 iyul, payshanba kuni kunduzi politsiyanikiga o‘xshash ikki avtomobilda kelgani aytilmoqda. Ular huquq-tartibot xodimlari kiyimida va qurollangan bo‘lgan.

Yuk terminaliga kirib borgan jinoyatchilar Brink’s kompaniyasi inkassatorlik furgonini talon-taroj qilgan va shundan so‘ng yashiringan.

O‘g‘irlab ketilgan oltin narxi 30 million dollar baholanmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyadagi aeroportdan 750 kg oltin o‘g‘irlandi (video)