Moskva yaqinida ayol oʻz bolasi koʻz oʻngida oʻldirildi (video 18+)

  • 26 iyul 2019, 13:41
  • 3 641
  • Dunyo
  • Moskva yaqinida ayol oʻz bolasi koʻz oʻngida oʻldirildi (video 18+)
    Foto: “RIA Novosti”
    Moskva yaqinidagi Ramensk tumanida ayol bolalar maydonchasida oʻldirib ketildi, deb xabar bermoqda “Daryo.uz” nashri.

    Mudhish voqea 25-iyul kuni sodir boʻlgan. Jinoyatchi bolalar maydonchasida bolasini aylantirib yurgan 25 yoshli ayolga kamida 20-marta pichoq urgan va voqea joyidan yashiringan.

    Xabarda aytilishicha, jinoyatda ayolning turmush oʻrtogʻi gumonlanmoqda. U qotillikni yosh bolaning koʻz oʻngida sodir etgan. Guvohlarning soʻzlariga koʻra, u mashinaga oʻtirib qochgan.

    Meduzaʻning xabar berishicha, gumonlanuvchi shaxs Noginsk tumanida kechki payt qoʻlga olingan. Hozircha jinoyat haqidagi boshqa tafsilotlar nomaʼlum.

    Mash kuzatuv kameralariga tushib qolgan ushbu jinoyat videosini havola etdi.

    » » Moskva yaqinida ayol oʻz bolasi koʻz oʻngida oʻldirildi (video 18+)