18:09 / 26.07.2019
5 012

«Bo‘yningni uzaman!»: Turkmaniston prezidenti o‘g‘lining boshqaruv uslublari haqida

«Bo‘yningni uzaman!»: Turkmaniston prezidenti o‘g‘lining boshqaruv uslublari haqida
Foto: “Zakon.kz”
17 iyun kuni Turkmaniston prezidentining o‘g‘li Serdar Berdimuhammedov Axal viloyati hokimi etib tayinlangan edi.
“Zakon.kz” prezidentning o‘g‘li ushbu lavozimga tayinlanganidan so‘ng ma’muriyatda nimalar o‘zgargani haqida viloyat hokimligi xodimlari va mahalliy aholi vakillari bilan suhbatlashdi.

Axal viloyatining ma’muriy markazi Ashxobod shahridan taxminan sakkiz kilometr uzoqlikda, Annau shahrida joylashgan. Kichik Berdimuhammedov ishga oynalari qoraytirilgan avtomobilda, prezident kortejidan nusxa ko‘chirgan holda qo‘riqchilar qurshovida keladi.

Viloyat hokimligi xodimlaridan birining ma’lum qilishicha, Berdimuhammedov hokimlik binosiga kirayotganida va yoki ketayotganida xodimlardan hech biri ish joyini tar etishi huquqiga ega emas.

Hokimning kaineti oldida esa qo‘riqchi turadi. Avvalgi hokim davrida qo‘riqchi bo‘lmagan.

«Endilikda administratsiyaning faqatgina bir necha xodimlarigina hokimning kabinetiga kirishi mumkin. Hamma xodimlar zarurat bo‘lmagan taqdirda o‘z xonasidan chiqish mumkinmasligi haqida ogohlantirilgan. Ular mobodo chiqqudek bo‘lsa ham shovqin solmasligi kerak. Shuningdek, uyali aloqa vositalaridan foydalanish ham mumkin emas», — deyiladi xabarda.

Administratsiya rahbari asosiy e’tiborni turli darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazishga ajratadi. U qo‘l ostidagi xodimlar bilan so‘zlashayotganida ishlatishni ma’qul ko‘radigan sevimli iborasi: «Bo‘yningni uzaman!».

Annau shahrida yashovchi fuqarolardan birining aytishicha, u hokim qabuliga kirmoqchi bo‘lgan. Biroq unga shaxsiy masalalar bo‘yicha na hokim, na uning o‘rinbosari qabul qilmasligini aytishgan.

«Viloyat rahbariyati o‘z aholisining muammolari haqida qayerdan biladi, agar ular fuqarolarni qabul qilmasa?» — deydi erkak.

Viloyat aholisi bu ketishda prezidentning o‘g‘li ushbu lavozimda ko‘p o‘tirmasligini ta’kidlamoqda. Taxmin qilinishicha, u yarim yilcha hokim bo‘ladi, keyin esa boshqa lavozimga o‘tkaziladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Bo‘yningni uzaman!»: Turkmaniston prezidenti o‘g‘lining boshqaruv uslublari haqida