14:14 / 27.07.2019
4 001

Rossiyada o‘q-yoy bilan ov qilishga ruxsat berildi

Rossiyada o‘q-yoy bilan ov qilishga ruxsat berildi
Foto: Google Photos
Davlat Dumasi deputatlari Rossiyada o‘q-yoy bilan ovlashga ruxsat beruvchi qonun loyihasini uchinchi va oxirgi o‘qishda ko‘rib chiqqanidan so‘ng qabul qildi, deb xabar bermoqda Daryo.uz nashri.

Unda o‘q-yoy ov qurollariga tenglashtirilgan va uni ovchilik hujjati hamda ov qurolidan foydalanish huquqiga ega bo‘lganlar sotib olishiga ruxsat berilgan. Shuningdek, o‘q-yoy sotib olinganidan keyin uni 2 hafta ichida Rossiya Gvardiyasi hisobvarag‘iga kiritilishi talab etilgan.

Tushuntirish xatida ta’kidlanishicha, o‘q-yoydan ov quroli sifatida foydalanishni qonuniylashtirish Rossiyada ovchilikni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirda Rossiyada ov qurollari qatoriga uzun stvolli miltiq, pnevmatik va sovuq tig‘ qurollari kiritilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘q-yoy bilan ov qilishga ruxsat berildi