15:32 / 27.07.2019
2 691

Osiyo asri qachon keladi? Unda Xitoy qaysi darajani egallaydi?

Osiyo asri qachon keladi? Unda Xitoy qaysi darajani egallaydi?
XIX asrdan beri ilk marta kelasi yili Osiyo xarid quvvati butun dunyonikidan yuqori bo‘lishi kutilmoqda, deb yozadi weforum. Bu Osiyoning badavlat bo‘lib ketishini emas, balki ko‘proq integratsiya jarayonining kuchayishi bilan baholanadi.

Biroq bu vaqtincha narsa. Iqlim o‘zgarishi va demografik inqirozdan tortib, texnologik nizolar-u tengsizliklargacha - dunyo juda ko‘p qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ularning hal qilinishi uchun esa ko‘p tomonlama o‘ylangan yechimlar zarur. Xalqaro liderlik xususiyatlari va ogohlikdagi kamchiliklar tufayli boshqaruv tizimida jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilmoqda.

Ammo, shu vaziyatda ham Osiyo globallashuv jarayonidan katta foyda ko‘rmoqda. U hatto dunyoni qiynayotgan muammolardan kuch olmoqda. Osiyoning baxtiga bu yerdagi o‘sish jo‘shqin tarzda kechmoqda. Xilma-xillikka boy qit’a birgalikda ishlashga va ma’lum yechimlarni topishga erishmoqda.

Agar bu Osiyo asri bo‘ladigan bo‘lsa, unga qit’aliklar o‘z mintaqalarida birdamlik bilan ishlash orqali erishadilar.

Osiyodagi sezilarli o‘sishga qaramay, bu yerlik millatlar bir-biridan farq qiluvchi geografiya va hatto murakkab tarixga ham ega. Xayriyatki, hamkorlikdan umumiy foyda ko‘rish ehtimoli ustun kelayotgani va harakatlar turli to‘siqlarni bartaraf etishga, hududiy integratsiyani yuzaga chiqarishga yordam bermoqda.

Xitoyning Hindiston, Yaponiya va Janubiy Koreya bilan muvaffaqiyatli kelishuvlari, shuningdek, Xitoy-Yapon-Koreya Respublikasining uch tomonlama sammiti ham yaxshilanishlarning isbotidir. Bundan tashqari, Janubi-sharqiy Osiyo millatlari assosiatsiyasi (ASEAN), Osiyo-Tinch okeani iqtisodi korporatsiyasi (APEC) va ShHT kabi tashkilotlarning ham soni oshmoqda.

Hozir Osiyo ko‘p tomonlama savdo liberallashuvining yuragi bo‘lib qolmoqda. AQSh tomonidan ta’qiqlangan Tinch okeani trans hamkorligi (TPP) osiyolik liderlar tomonidan davom ettirilib, shu yil qayta ish boshlash uchun shay qilib qo‘yildi.

Shuningdek, Hududiy mukammal iqtisodiy hamkorlik (RCEP) tashkilotida ham progressivlik qayd etilmoqda. Bu kabi jonli birlashmalar rivojlanish va ko‘proq mijozlarni jalb etishda davom etmoqda. Ular Osiyoda qulay iqtisodiy integratsiya uchun yo‘lak vazifasini o‘taydi. Masalan, TPP kelajakda - rivojlangan iqtisod sharoiti uchun standartlarni o‘rnatsa, RCEP rivojlanayotgan davlatlarga erkin savdo muhitida ishtirokchi bo‘lish imkonini beradi.

Birlashgan Osiyo jamiyati rivojlangan, rivojlanayotgan davlatlar va xilma-xil iqtisodiy sistemalarni bir joyga yig‘gan. Bu holat xalqaro darajada ham ko‘pfikrlilikni ta’minlashga yordam berishi mumkin. Buning uchun esa Osiyoning turfa millatli xalqlariga aloqador yechimlarni jahon miqyosida ham ommalashtirish zarur bo‘ladi.

Mintaqaviy iqtisodiyotning yuragida joylashgani uchun ham Xitoy, shubhasiz, Osiyo asrida asosiy rol o‘ynashini taxmin qilish qiyin emas. Shunday bo‘lishiga qaramay, bu davlatning ham turli normalar va qonunlar ishlab chiqishda diktatorlik qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Xitoyning xalqaro strategiyasi esa haqiqatga juda yaqin qurilgan. Ko‘pfikrlilikka e’tibor qaratadigan, xalqaro iqtisodga ochiq, inklyuziv.

Xitoy pozitsiyasi Osiyoda va dunyoda gegemon yoki asosiy o‘zgartiruvchi bo‘lish emas, balki o‘z innovatsion yechimlar bilan xalqaro tartibni ushlab turishdan iborat bo‘lmoqda.

Iqtisodiy jihatdan ham Xitoy Osiyo va dunyoning asosiy o‘sishini ushlab turuvchi rolidadir. Xalqaro pul fondi (IMF) ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilgacha Xitoyning xalqaro o‘sishga qo‘shadigan hissasi 28 foizga yetadi.

Hozirgi davrdan 2030 yilgacha esa Xitoy iste’molining o‘sishi AQSh va g‘arbiy Yevropanikidan ham oshishi kutilmoqda.

Xitoy tovarlari oqimi, kapitali Osiyoning barcha burchaklarida mahalliy hukumat va ishlab chiqaruvchilar uchun katta imkoniyat yaratadi. Mana shu omil Osiyoda to‘rtinchi sanoat inqilobini tezlashtirishi kutilmoqda. Shuningdek, Xitoyning Osiyo integratsiyasini qo‘llab-quvvatlashda sistemani rivojlantiruvchi maqomi ham ahamiyatli.

Biroq Osiyo hanuz infrastruktura bilan bog‘liq muammolardan qiynalmoqda. Bular integratsiya va taraqqiyotning ham oyog‘iga tushov solmoqda. Kamar va yo‘l tashabbuskori tashkiloti (BRI) bu borada ideal transportlar loyihasini ishlab chiqib bu bo‘shliqni to‘ldirishga harakat qilishni rejalashtirgan.

Jahon banki tadqiqotlariga ko‘ra, agar Kamar va yo‘l tashabbuskori tashkilotining loyihalari amalga oshsa, xalqaro savdo ko‘rsatkichi 1.7 foizdan 6.2 foizgacha oshishi mumkin. Bu xalqaro real daromadlarning 0.7 foizdan 2.9 foizga chiqishiga yordam beradi. Natijada 7.6 million odam o‘ta kambag‘allik sharoitlaridan xalos bo‘ladi.

O‘z salohiyatini to‘liq namoyish qilish uchun Kamar va yo‘l tashabbuskori tashkilotiga ko‘p tomonlama yondashuv har qachongidan ham ko‘proq kerak bo‘ladi. Bu borada 2015 yilda tashkil etilgan va ayni damda a’zolari soni qariyb 100 taga yetgan Osiyo investitsiya va infrastruktura bankining ko‘pfikrlilik tamoyilini o‘rganish mumkin. Ushbu bank va boshqa ko‘p a’zoli institutlar tajribasini o‘rganish orqali infrastruktura bo‘yicha tashvishlantirgan muammolarning yechimini topish ehtimoli ham oshadi.

Yana bir narsani aytish joizki, Osiyoning yangi asrdagi barqaror taraqqiyoti to‘lig‘icha kafolatlanmagan, shuning uchun Xitoy va uning qo‘shnilari turli tavakkalchiliklarga va qiyinchiliklarga tayyor bo‘lishi foydadan xoli bo‘lmaydi.

Kutilayotgan narsa esa bitta: Osiyo asri faqat osiyoliklar uchun emas, balki butun yer yuzi odamlari uchun ham foyda keltiradi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Osiyo asri qachon keladi? Unda Xitoy qaysi darajani egallaydi?