16:30 / 27.07.2019
2 549

Janubiy Koreyada tungi klub konstruksiyasi qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Janubiy Koreyada tungi klub konstruksiyasi qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Foto: EPA/Klub intererining qulagandan so‘ng holati
Janubiy Koreyaning Kvanju shahridagi tungi klublarning birida konstruksiya quladi, deb xabar bermoqda «Daryo» nashri.

Oqibatda ikki kishi halok bo‘lgan va kamida 10 nafari jabrlangan. Jabrlanganlar orasida shu kunlarda Kvanjuda bo‘lib o‘tayotgan suv sporti chempionati ishtirokchilari ham bor.

Voqea 27 iyul kuni mahalliy vaqt bilan 2:30 larda sodir bo‘lgan. Hukumat xabariga ko‘ra, konstruksiya belgilanganidan ortiq yuk sababli qulagan.

Halok bo‘lganlar Janubiy Koreya fuqarolari ekanligi aniqlangan. Jabrlanganlarning 9 nafari Yangi Zelandiya, Italiya, Braziliya, Nidelandiyadan kelgan jahon chempionati ishtirokchilari bo‘lib, ularning olti nafari ayollardir.

Jabrlanganlar orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ham bor, lekin ular sportchilar emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Janubiy Koreyada tungi klub konstruksiyasi qulashi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi