Rossiya poytaxti Moskva shahrida ruxsat berilmagan miting chog‘ida 300 atrofida namoyishchi qo‘lga olingan. IIV Bosh boshqarmasi ta’kidlashicha, ushlanganlarning aksariyati mahalliy aholi vakillari emas. Poytaxt markazidagi norozilik qatnashchilari Moskva davlat dumasi saylovlarida muxolifat vakillariga ham ruxsat berilishini talab qilishmoqda. Muxolifat a’zolarining ko‘pchiligi miting boshlanguncha ushlangan.
Poytaxt IIV boshqarmasining ma’lum qilishicha, 295 kishi hibsga olingan.
«Ushlanganlarning aksari Moskva aholisi emas, — deyiladi xabarda. — Ularning barchasi hududiy bo‘limlarga holatga oydinlik kiritish uchun olib keltirilmoqda».
Biroq, «OVD-Info» huquqni himoya qilish tashkiloti 561 kishi ushlanganini ta’kidlamoqda.
Shahar hukumati bilan kelishilmagan miting Meriya yaqinida tashkil etildi. Politsiyaga ko‘ra, mitingda 3,5 ming kishi ishtirok etyapti. Ular orasida 700 jurnalist va bloger ham bor. Ular norozilik aksiyasini yoritishlarini hukumatga oldinroq bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»