Zelenskiy: «Bunaqa amaldorlar yo o‘z ixtiyori bilan ariza yozib bo‘shasin yoki qochib ketsin»

  • 28 iyul 2019, 09:43
  • 982
  • Dunyo
  • Zelenskiy: «Bunaqa amaldorlar yo o‘z ixtiyori bilan ariza yozib bo‘shasin yoki qochib ketsin»
    Foto: «RIA Novosti»
    Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy IIV rahbari Arsen Avakovdan vazirlikning Dnepr viloyati hududiy boshqarmasi rahbari, general Vitaliy Gluxoverni zudlik bilan ishdan bo‘shatishni talab qildi. Bu haqdagi xabar prezidentning «Facebook»dagi sahifasida bugun paydo bo‘ldi.

    Zelenskiy, shuningdek, Davlat tergov idorasi rahbari Roman Trubaga aniqlangan dalillar asosida surishtiruv boshlashni topshirdi.

    Ukraina prezidenti amaldorlar uchun jazodan qutulib qolish batamom tugaganini ta’kidladi. Zelenskiy bunaqa davlat xizmatchilarini «o‘z aybiga iqror bo‘lish, ishdan bo‘shash yoki qochib ketish»ga chaqirdi.

    IIVning Dnepr boshqarmasi rahbari ishdan olinishiga 2018 yili olinib keyin internetda tarqab ketgan video sababchi bo‘lgan. Unda yo‘l harakati qoidalarini buzgan shaxsning mashinasini to‘xtatgan politsiyachilarni ushlash (!) uchun KORD maxsus bo‘linmasi yetib kelgan. Spetsnazchilar politsiyachilarni Gluxoverning kabinetiga olib kirishadi, bu yerda general ularga «tarbiyaviy soat» o‘tgan.

    » » Zelenskiy: «Bunaqa amaldorlar yo o‘z ixtiyori bilan ariza yozib bo‘shasin yoki qochib ketsin»