11:02 / 28.07.2019
1 947

Maktab o‘quvchisi The Washington Post nashridan 250 mln dollar talab qildi

Maktab o‘quvchisi The Washington Post nashridan 250 mln dollar talab qildi
Amerika Qo‘shma Shtatlari sudi maktab o‘quvchisi Nikolas Sandmanning The Washington Post gazetasiga nisbatan katta miqdorda ma’naviy zarar to‘lashga doir arizasini rad etdi. Bu haqda Politico nashriga tayanib Kun.uz yozmoqda.

Qayd etilishicha, o‘smir nashrni tuhmatda ayblagan va 250 mln dollar talab qilgan, biroq sud javobgar foydasiga qaror chiqargan.
Aniqlik kiritishicha, ariza 2019 yil 19 yanvar kungi Vashingtonda abortga qarshi mitingdan keyin sudga kiritilgan.

Gazeta Sandmanning «Amerikani yayana buyuk qilamiz» deb yozilgan kepkani kiygan holda hindu Neytan Filipsga yuzma-yuz turgan suratini chop etgan.

Rasm ostidagi izoh esa, maktab o‘quvchisi o‘zini agresssiv tutgani va Filipsga nisbatan irqiy qarashlarini namoyon etganini ta’kidlagan, Filips bu izohni tasdiqlagan.

Biroq, o‘smirning fikricha, nashr uning suratidan davlat rahbari siyosatiga qarshi harakatni ilgari surish maqsadida foydalangan va axborot asliga mos emas. Hakam esa, gazeta hodisani o‘zi istagancha yoritishi mumkinligi haqida qaror qabul qilgan.

Ta’kidlash lozim, bundan avval Sandman ayni hodisani yoritgan NBC telekanalidan 275 mln dollar ma’naviy zarar undirishga harakat qilib ko‘rgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Maktab o‘quvchisi The Washington Post nashridan 250 mln dollar talab qildi