11:30 / 28.07.2019
2 280

Polshada yoshlar daromad solig‘idan ozod etildi

Polshada yoshlar daromad solig‘idan ozod etildi
Foto: «Deutsche Welle»
Polshada 2019 yilning avgust oyidan boshlab 26 yoshdan kichik shaxslar daromad solig‘i to‘lamaydi. Bu qarorni saylovlarga uch oy qolganida Polsha parlamenti qabul qildi. Bu haqda «Deutsche Welle»ga tayanib "Xabar" nashri ma’lum qilmoqda.

Hukmron «Qonun va adolat» milliy-konservativ partiyasi bu qonun yoshlar bandligini ta’minlab, noqonuniy mehnatdan foydalanishni bartaraf etishiga umid qilmoqda.

Qarorda yoshga doir imtiyozdan tashqari yana bir muhim band bor: yillik daromadi 20 ming yevrodan oshmaganlar ham soliqlardan ozod etiladi.

Polsha hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, soliq imtiyozi taxminan 2 million kishini qamrab oladi. Iqtisodiy ekspertlar esa soliqdagi bu imtiyoz Polsha bozoriga ukrainalik yoshlar oqimini kuchaytirishiga umid qilishmoqda, chunki mamlakat malakali ishchilarga muhtojlik sezmoqda.

Ammo mamlakat Savdo palatasi tahlilchilari soliq imtiyozlari naf keltirishiga ishonishmayapti. Ularning fikricha, aholining bir qatlami uchun imtiyozlarning joriy etilishi mamlakat konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan tenglik prinsiplariga ziddir. Muxolifat ham hukumatning ishidan norozi, ya’niki shu yil kuzida bo‘lib o‘tajak parlament saylovlari arafasida saxovatli ijtimoiy dasturlari bilan saylovchilarning ovozini yig‘ishga urinishyapti.

«Qonun va adolat» milliy-konservativ partiyasi soliq imtiyozlari bilan birga, bolalar nafaqasi va pensiyalar miqdorini ham oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Polshada yoshlar daromad solig‘idan ozod etildi