17:24 / 28.07.2019
3 122

Toliblar qachon hukumat bilan muzokara o‘tkazishini ma’lum qildi

Toliblar qachon hukumat bilan muzokara o‘tkazishini ma’lum qildi
"Tolibon" harakati mamlakatdan xorij qo‘shinlari chiqib ketishi e’lon qilinmagunicha Afg‘oniston hukumati bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokara o‘tkazmoqchi emas. Bu haqda toliblarning Qatardagi siyosiy ofisi rasmiy vakili Muhammad Suhayl Shahinga tayanib Reuters agentligi xabar berdi.

"Afg‘onlararo muzokaralar faqatgina Afg‘onistondan xorij qo‘shinlari chiqib ketishi e’lon qilinganida boshlanadi", - dedi Shahin.

Avvalroq Afg‘onistonning tinchlik masalalari bo‘yicha vaziri Abdul Salom Rahimiy yaqin ikki hafta ichida "Tolibon" harakati a’zolari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar boshlanishini ma’lum qilgandi.

Afg‘onistondagi qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida tinchlik muloqotini o‘rnatish masalasi turli maydonlarda muhokama qilinmoqda. Xalqaro darajadagi ana shunday uchrashuvda ilk bor toliblarning Dohadagi siyosiy ofisi delegatsiyasi ishtirok etdi.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Toliblar qachon hukumat bilan muzokara o‘tkazishini ma’lum qildi