22:12 / 28.07.2019
3 448

Bill Geyts dunyoning eng boy kishilari reytingida Louis Vuitton egasini quvib o‘tdi

Bill Geyts dunyoning eng boy kishilari reytingida Louis Vuitton egasini quvib o‘tdi
Bill Geyts qisqa tanaffusdan so‘ng dunyoning eng boy kishilari ro‘yxatidagi ikkinchi o‘ringa qaytdi. Louis Vuitton egasi Bernar Arno bir necha kun ikkinchi o‘rinni egallab turdi.

Louis Vuitton va Moet & Chandon kabi brendlar egasi bo‘lgan Arnoning boyligi 100,7 mlrd dollargacha qisqardi – bu bir hafta avvalgiga nisbatan 2,5 mlrd dollarga kamdir. Geytsning boyligi esa o‘tgan haftadagi 102,9 mlrd dollardan 104 mlrd dollarga yetdi. Bunga Microsoft aksiyalari narxining o‘sishi sabab bo‘ldi.

Dunyoning eng boy kishisi Jeff Bezosni quvib o‘tish uchun Geyts ham, Arno ham ancha ter to‘kishlariga to‘g‘ri keladi. Bezosning boyligi 162,9 mlrd dollar atrofida. U sobiq rafiqasi Makkenzi Bezosga Amazon kompaniyasidagi ulushining chorak qismini bermoqchi ekanligini aytdi. Hattoki bu ulushini berganidan keyin ham uning boyligi Geytsnikidan 20 mlrd dollarga ko‘proq bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geyts dunyoning eng boy kishilari reytingida Louis Vuitton egasini quvib o‘tdi