23:30 / 28.07.2019
2 527

Alyaskada «Xets-3» raketalarga qarshi majmuaning sinovi qanday o‘tdi (video)

Alyaskada «Xets-3» raketalarga qarshi majmuaning sinovi qanday o‘tdi (video)
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu «Xets-3» raketalarga qarshi majmuaning isroillik va amerikalik harbiylar tomonidan Alyaskada o‘tkazgan sinovi aks etgan videoni e’lon qildi.

Tasvirlarda raketalarning uchirilishi, so‘ngra ularning «Xets-3» majmuasi bilan urib tushirilishi aks etgan.
Avvalroq, Netanyaxu, sinovlar muvaffaqiyati «tasavvurni ham ortda qoldirgani»ni aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, sinovlar so‘nggi bir necha hafta ichida o‘tkazilgan va uchta «ilg‘or maxfiy» bosqichdan iborat bo‘lgan.

«Xets-3» («O‘q-3») raketalarga qarshi majmua Isroil raketalarga qarshi mudofaa tizimining yuqori bo‘g‘inini kuchaytirish maqsadida ikki mamlakat tomonidan ishlab chiqilmoqda. U qo‘lbola reaktiv snaryadlardan tortib, Eron ballistik raketalariga munosib qarshi tura olishi kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alyaskada «Xets-3» raketalarga qarshi majmuaning sinovi qanday o‘tdi (video)