12:20 / 29.07.2019
3 906

Ramzan Qodirov 28 yoshli jiyanini shahar hokimi etib tayinladi

Ramzan Qodirov 28 yoshli jiyanini shahar hokimi etib tayinladi
Foto: Kommersant’
Chechenistonda kattaligi jihatidan Grozniydan so‘ng ikkinchi o‘rinda turadigan Argun shahri hokimi etib Ramzan Qodirovning 28 yoshli qarindoshi Xas-Magomed Qodirov tayinlandi.

Ramzan Qodirovning matbuot kotibi Alvi Karimov bu xabarni tasdiqladi va Xas-Magomed Qodirovni «shahar xo‘jaligini yaxshi tushunadigan» va «odamlar bilan muomala qilishni biladigan» mutasaddi sifatida ta’rifladi. Shu bilan birga 28 yoshli Qodirov Checheniston rahbariga yordamchi bo‘lgani va Checheniston IIVni boshqarganini eslatib o‘tdi.

«U o‘ziga nisbatan talabchan va odamlarga hurmat bilan muomalada bo‘ladi. Bunday hokim argunliklar uchun haqiqiy sovg‘a bo‘ldi», — deydi Karimov.

Alvi Karimov Xas-Magomed Qodirov va Ramzan Qodirov yaqin qarindosh ekani haqidagi xabarlarni rad etdi. «Garchi ular bir urug‘dan bo‘lsa ham, yaqin qarindosh emas. Shunchaki, bu juda katta urug‘ va Axmat-Yurt qishlog‘ida katta hududni egallagan», — deydi matbuot kotibi.

Xas-Magomed Qodirov 2017 yil, 26 yoshida Grozniy shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan edi. O‘shanda u politsiyada kichik leytenant unvoniga ega bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov 28 yoshli jiyanini shahar hokimi etib tayinladi